YUQORI NATIJALARNI KO'ZLAB
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida har bir sohaning rivoji, uning samaradorligi, avvalo, jamoalarning birdamligi va sidqidildan qilayotgan mehnatiga bog'liq. Ana shunday mehnatkash, mas'uliyatli va fidoiy jamoalardan biri bu – kombinatimizning navli prokatlash bo'linmasidir.
Mazkur jamoa o'z faoliyatini yuqori samara va natijaga qaratgan holda, har bir ishga vijdonan yondashmoqda. Ishda hamjihatlik, tartib-intizom, o'zaro hurmat va ahillik tufayli turli xildagi prokat mahsulotlarini sifatli ishlab chiqarmoqdalar.
Yuklash bo'linmasi smena ustasi Ilhom Tursunboyev, brigada boshlig'i Shahboz Saburov boshchiligidagi jamoa boshqalarga ibrat bo'lgan holda topshiriqlarni bajarib kelmoqda.