FIDOYI MEHNAT — HAQIQIY HURMAT KALITI
Kombinatimizning sifatli mahsulot ishlab chiqarishida Metallurglar Servis Markazi MCHJda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Servis Markazida mehnat qilayotgan soha xodimlari oldlilariga qo‘yilgan vazifalarni bajarib ko‘plab turdagi ehtiyot qismlarni, butlovchi qismlarni buyurtmachilarga tayyorlab berishmoqda.
Bu yerdagi dastgohlarda malakali tokarlar, frezerlovchilar, teshib yo‘nuvchi kabi kasb egalari topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishmoqda.
Zamonaviy sanoat va ishlab chiqarish sohasining rivojida bu kasblar muhim o‘rin egallaydi. Ulardan ishlash davomida eng aniq va mas’uliyatli ishlarni bajarish va metallardan yasaladigan qismlarni turli o‘lcham va shaklda ishlab chiqarishda o‘ta sinchkovlik talab qilinadi.
Yo‘nuvchi tokar Hakim Ashurov, frezerlovchi, Abdumannon Bozorboyev, teshib yo‘nuvchi Dilmurod Qo‘shmatov kabi kasb egalari kombinatimizning asosiy bo‘linmalari buyurtmalarini o‘z vaqtida bajarib kelishmoqda.