KASBIY MALAKALARI OSHIRILMOQDA
“Bekobod maxsus o‘quv markazi” MCHJda 14-iyuldan bugungi kungacha “Metallurgiya Servis Markazi”ning Elektrotekhnika laboratoriyasi xodimlari uchun “O‘z DSt 3410:2019 Sinov laboratoriyaning texnik jihatdan malakaligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursida mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘quv kursi masofaviy shaklda, shaxsiy havolalar yordamida, xodimlarning ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘tkazilmoqda.
O‘quv kursi “O‘zmetkombinat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston Standartlar instituti DM o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tashkil etildi.
Malaka oshirish mutaxassislarning kasbiy malakalarini mustahkamlash va ularning faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi zamonaviy talablar bilan moslashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir.