Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

КASBIM FAXRIM

22.07.2025 22.07.2025 90

 

Har bir inson o‘z hayotida biror kasbni tanlaydi va shu kasbni yaxshi o‘zlashtirishga intiladi. Lekin faqat kasbni bilish va shu yo‘nalishda ishlash bilan cheklanib qolish kerak emas. Haqiqiy muvaffaqiyatga erishgan odamlar o‘z kasbining ustalari bo‘ladi.Shuhrat Komilov ham mana 15-yildirki kombinatda mehnat qilib, hamkasblari orasida hurmat qozondi. U 7 yildan buyon Bekobod Rangli metallar ishlab chiqarish korxonasida pult operatori bo‘lib ishlab kelmoqda. U ustozi Abdumalik G‘anixo‘jayevdan olgan bilim va ko‘nikmalari tufayli o‘z kasbining ustasiga aylandi.
Pult boshqaruvchisi ishlab chiqarish korxonasining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning ishi nafaqat joriy ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish, balki ishlab chiqarishning xavfsiz talablariga mos bo‘lishini ta’minlashdir. Qolaversa, texnologiyalar, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pult boshqaruvchilari korxonaning barqaror va samarali ishlashini kafolatlashida muhim rol o‘ynaydi.Albatta, har qanday kasb egasi uchun jamoa orasida hurmat va e’tibor qozonish — katta boylik. Bu hurmat esa to‘satdan kelmaydi, balki insonning uzoq yillik mehnati, ishga mas’uliyatli yondashuvi va fidoiyligi natijasida shakllanadi.

 

0

(0 ovoz)