TARIXGA BIR NAZAR
O‘zbekiston metallurgiya zavodining sobiq direktori Rixsivoy Yusupovning korxona tarixida chuqur iz qoldirgan afsonaviy rahbar – Ibrohim Fayziyevich Muhammedov haqidagi xotiralaridan:
Ibrohim Fayziyevichda bir qoida bor edi – u har hafta bozorga bo‘rardi. Narx-navoni, savdo tartibini o‘rganardi.
Bozor hududining kengaytirilishi, obodonlashtirish ishlari, suv quduqlarining qazilishi, yangi pavilyonlar qurilishi – bularning barchasi uning bevosita yordami bilan amalga oshgan. U nafaqat maslahat berardi, balki amaliy yordam ham ko‘rsatardi.
Yirik zavod direktorining bunday homiyligi narxlarga ham ta’sir qilmasdan qolmagan: bizning bozor butun Toshkent viloyatida sabzavot va mevalar eng arzon bo‘lgan joy sifatida mashhur edi.
Bir kuni Ibrohim Fayziyevich bozorga yo‘l olar ekan, meni ham chaqirdi – biz qo‘shnilar edik. Bozordan keyin “Sirlangan idishlar” do‘koniga kirdik. “Choynak kerak – uyda butunlay eskirib ketibdi”, dedi u.
Do‘konga kirib, navbatda turdik. U oldinda, men uning orqasida. Har birimiz bir dona choynak sotib oldik. U faqat bir og‘iz so‘z aytsa kifoya – bunday choynakning bir vagonnini ham uyiga yetkazib berishardi. Ammo u bunday ishning eng kichigini ham o‘ziga ravo ko‘rmaygan odil va halol inson edi.