Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KASBIGA SADOQATLI MALAKALI MUTAXASSIS

28.07.2025 28.07.2025 13

    

“O‘zmetkombinat” AJning ko‘p ming sonli mehnat jamoasida o‘z ishining ustalari bo‘lgan fidokor insonlar mehnat qilmoqda. Ular uchun mas’uliyat, professionallik va ishga sadoqat hayot tarziga aylangan. Bu yerda avlodlar davomiyligi yuksak qadrlanadi, ishlab chiqarish faxriylariga hurmat bilan munosabatda bo‘linadi va ularning boy tajribasi minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.

Shunday hurmatga sazovor mutaxassislardan biri – elektromontyor Baxtiyor Ortiqovdir. U kombinatda 35 yildan ziyod vaqt mobaynida mehnat qilib kelmoqda. Mehnat faoliyatini Elektr ta’mirlash bo‘linmasida boshlagan Baxtiyor aka bugungi kunda ham aynan shu yerda ishlab kelmoqda. Bu yillar davomida u mas’uliyatli, tajribali va vijdonan ishlovchi mutaxassis sifatida hamkasblari hurmatini qozongan.

Baxtiyor Ortiqov ustozi Vladimir Gosishevni iliq so‘zlar bilan xotirlaydi. Aynan ustozi unga kasbiy bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatgan va bular Baxtiyor akaning malakali mutaxassis bo‘lishida muhim omil bo‘lgan. Endilikda Baxtiyor akaning o‘zi ham yosh mutaxassislar uchun ustozga aylangan. U nafaqat texnik bilimlarini, balki hayotiy tajribasini ham sabr-toqat bilan shogirdlariga o‘rgatib, ularda kasblariga hurmat va mehrni singdiradi.

Baxtiyor Ortiqovning shogirdlariga muomalasi, e’tibori, sabri chinakam otalarcha mehrga yo‘g‘rilgan. U yoshlarni ilhomlantira oladi, qo‘llab-quvvatlaydi va ularga shunchaki ko‘nikma emas, balki kasbga mehr, mas’uliyat va o‘sishga intilishni ham o‘rgatadi. Uning uchun ustozlik – oddiy majburiyat emas, balki chin dildan bajariladigan vazifadir.

Baxtiyor Ortiqovning hayot yo‘li – bu kasbiga sadoqat, insoniy saxiylik va fidoyilik evaziga metallurgiya sohasi uchun mustahkam poydevor yaratayotgan inson timsolidir.

 

 

0

(0 ovoz)