"ZAVODSTAR – 2025": ISTE’DODLAR TANLOVI
Qo‘shiq aytishni yoqtirasizmi? Sahnada porlashni xohlaysizmi? Unda imkoniyatni boy bermang!
"O‘zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan "ZavodStar – 2025" tanlovi sizga sahnada o‘z ovozingizni eshittirish uchun imkon yaratadi!
Shartlar:
– 1 ta qo‘shiq, istalgan janrda;
– Jonli ijro, fonogramma yoki sozandalar bilan.
Baholash mezonlari:
Ijro mahorati, matn mazmuni, sahna madaniyati, badiiy did va professional yondashuv.
Sanasi: 2025-yil 28-avgust
Joy: Metallurglar madaniyat saroyi
G‘oliblarga – qimmatbaho sovg‘alar!
Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot uchun: +998 90 908 18 80
Istaganingizcha ijod qiling – yulduzlar qatorida bo‘lish fursatini qo‘ldan boy bermang!