NATIJALAR YUQORI
Navli prokatlash bo‘limasining po'lat simlar ishlab chiqarish uchastkasining jamoasi o‘z ishiga mas’uliyat bilan, tashabbuskorona yondashadi. Tajribali mutaxassis Rustam Badalov rahbarligida bu yerda 150 nafar ishchilar faoliyat yuritadi.
Sim tortuvchilar kasbiy mahorati va mehnatning aniq tashkil etilishi tufayli uchastkaga yuklatilgan vazifalar sifatli va o‘z vaqtida bajarib, kombinatning iqtisodiy barqarorligiga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.
Uchastkaning ilg‘or ishchilari qatorida — Farhod Aflyatunov, Otabek Soriyev, Fozil Jonjigitov, Ibrohim Xolmatov, Bobur Sheranov va boshqa mutaxassislar bor. Ularning maqsadga intilishlari va ishga oqilona yondashuvlari tufayli brigadalar ishlab chiqarishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda.
Uchastkada doimiy ravishda bozor talabiga ega bo‘lgan 1,8 mm, 2,0 mm, 2,8 mm, 3,0 mm, 4,0 mm, 5,0 mm, 6,3 mm va 8,0 mm. diametrli simlar ishlab chiqariladl.
Jamoa iyul oyini yuqori natijalar bilan yakunladi: jami 332 tonna po'lat simlar ishlab chiqarilib, reja 110,8 foizga bajarildi. Avgust oyida ham ijobiy sur’at saqlanib qolmoqda: 13 kunda 172,7 tonna sim ishlab chiqarildi (rejaqa nisbatan 144 foizi), 152,8 tonna mahsulot jo‘natildi (127 foiz).
Bunday natijalarga erishishda har bir ishchi-xodimning sldqldildan o‘z vazifasini bajarishi va jamoaning uyushqoqligi muhim rol o'ynamoqda