ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI OSHIRILADI
"O'zmetkombinat" AJning Zoldir prokatlash bo‘linmasi – bu nafaqat korxonaning tarkibiy qismi, balki mamlakat metallurgiya sanoatining muhim tarmoqlaridan biridir. Bu yerda po‘lat zoldirlar ishlab chiqariladi. Ular Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida tog' rudasini maydalash jarayonida qo‘llaniladi. Ushbu mahsulotning barqaror yetkazib berilishi sanoat gigantlarining uzluksiz ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘linmada diametri 40, 50, 65, 70, 80, 100 va 120 mm bo‘lgan zoldirlar ishlab chiqariladi. Mahsulot tez va samarali tarzda iste’molchilarga yetkaziladi. Po‘lat zoldirlarga talab sement sanoati korxonalarida ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Bozor ehtiyoji ortib borayotgani bois, bu yerda uskunalar faol modernizatsiya qilinmoqda. Bu esa ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish imkonini beradi. Jamoa doim rejani ortig‘i bilan bajaradi: o‘tgan oyda 23 709 tonna mahsulot ishlab chiqarildi (rejaning 107,3 foizi). Joriy yilning dastlabki yetti oyida esa 142 000 tonna o‘rniga 145 050 tonna mahsulot ishlab chiqarildi (102,1 foiz).
Bu yutuqlar jamoaning hamjihat mehnati, mahsulot sifati va rivojlanishga bo‘lgan doimiy intilish natijasidir.