+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT”NING RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA QO‘SHGAN HISSASI FORUMDA E’TIROF ETILDI

“O‘ZMETKOMBINAT”NING RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA QO‘SHGAN HISSASI FORUMDA E’TIROF ETILDI
1 / 3

"ICTWeek Uzbekistan 2025" doirasida “Raqamlashtirish — transformatsiya drayveri: gʻoyalardan aqlli yechimlarga” forumi oʻtkazilmoqda.

Forum davomida mamlakatimizda IT sohasida erishilgan yutuqlar, kelgusi rejalarga oid tashabbuslar va yangi texnologiyalar asosida rivojlanish masalalari muhokama qilinmoqda. Unda davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, mutasaddilar, xalqaro ekspertlar, yirik kompaniyalar va jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.

Haftalik doirasida yil davomida IT yo‘nalishida faoliyat olib borgan tashkilotlar ham munosib e’tirof etildi. Metallurgiya sohasida raqamlashtirish jarayonlarini izchil joriy etib kelayotgan “Oʻzmetkombinat” AJ ham yuqori baholanib, sohada inson omilini kamaytirish va samaradorlikni oshirishdagi hissasi uchun taqdirlandi.

  

5.004 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish