BIR SURAT TARIXI
Bugun biz O‘zbekiston qora metallurgiyasi to'ng'ichining qurulishi va ishga tushirilishida ishtirok etganlarni minnatdorlik bilan eslaymiz. Aynan ularning mehnati, matonati va kelajakka bo‘lgan ishonchi metallurgiya zavodi uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shunday qahramonlardan biri Mixail Grigorevich Kostyanoy Marten sexining birinchi boshlig‘i bo‘lgan. 1943-yildan 1953-yilgacha u rahbarlik qilgan jamoa po‘lat eritishning eng murakkab texnologiyasini o‘zlashtirdi, quvvatlarni oshirdi va og‘ir quymalar tayyorlashda rekord natijalarga erishdi. Mixail Grigorevich o‘zini ayamasdan, bor bilim va kuch-quvvatini marten ishiga bag‘ishlagan edi.
Zavodning 40 yillik tantanasida bekobodlik metallurglar faxriyni alohida iliqlik bilan kutib olganlar. Afsuski, zavodning 50 yilligida u oramizda yo‘q edi, biroq uning xotirasi metallurglar qalbida abadiy saqlanib qoladi.