+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

MALAKALI TOKAR

MALAKALI TOKAR
1 / 2

Ta’mirlash-mexanika bo‘linmasining tokari Nuralibek Tohirov qariyb o‘ttiz yildan buyon shu jamoada fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Bu yillar davomida u minglab detallarga malakasi va tajribasiga tayanib ishlov berdi. U o’z vazifalarini namunali bajarish bilan birga qator shogirdlariga ustozlik qilib tokarlik kasbini o’rgatdi.

Nuralibek Tohirov mehnatsevarligi va insoniy xislatlari bilan hamkasblari va shogirdlari o’rtasida hurmat-e’tibor qozongan. 

Malakali tokar va yoshlar ustozi bu darajaga etishida murabbiyi Nikolay Galkinni minnatdorlik bilan eslaydi: 

- Ustozimning o’gitlarini, tajribamni yoshlarga yetkazayotganimdan xursand bo’laman. Biz birgalikda kombinat taraqqiyotiga kamtarona hissalarimizni qo’shayotganimizdan faxrlanaman.

4.003 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish