KASBIM – FAXRIM
Ilhom Rahimov 1989-yilda kombinatga ishga kirdi. O‘sha paytda u Navli prokatlash bo‘linmasida faoliyatini boshlagan edi. Yosh ishchi tez orada valsalovchi kasbi jiddiy mehnat va katta mas’uliyat talab qilishini anglab yetdi.
Bugun Ilhom perevalka valsalovchisi sifatida mehnat qilmoqda. Uning ishi prokat stani detallarini tiklash bilan bog‘liq. Ular stan vallarini almashtirish, qayta sozlash va ularni ish jarayoni uchun tayyorlash ishlarini amalga oshiradilar. Stanning barqaror ishlashi va mahsulot sifatining yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan uning mahoratiga bog‘liq.
Ilhom Rahimov qariyb 40 yildan buyon shu kasbda mehnat qiladi. U o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatgan ustozi Abduhakim Xolmatovni minnatdorlik bilan eslaydi. Bugun esa uning o‘zi yoshlarni o‘qitib, yangi avlod valsalovchilarini tarbiyalamoqda. Ko‘plab shogirdlari ishlab chiqarishda munosib o‘rinlarini topgan.
— Valsalovchi ishi oson emas, — deydi u. — Issiqlik, shovqin, katta yuklama bardosh va diqqatni talab qiladi. Lekin bizda jips jamoa bor: bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, hazillashamiz, kayfiyatni ko‘tarib turamiz. Shu bois og‘ir smenalar ham ancha yengil o‘tadi.
Bugun Ilhom Rahimov tajribasi va malakasi bilan jamoada hurmat-e'tiborga erishgan. Uning uchun bu kasb shunchaki ish emas — hayotining ajralmas qismi. Bu yo‘lda esa eng asosiysi mahorat va jamoaviy birdamlikdir.