YONG‘IN XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR
“O‘zmetkombinat” AJning O‘quv markazida bo‘linma rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
"Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik darajasini oshirish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Seminarda bo‘linmalarda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va tashkiliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ayniqsa, uskunalarni o‘z vaqtida tekshirish, ishlab chiqarish xonalarining holatini nazorat qilish va xodimlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar seminarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va samarali hamkorlik usullarini muhokama qilishdi.