+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

JAMOA SA'Y-HARAKATI BILAN HUDUD OBODONLASHTIRILDI

JAMOA SA'Y-HARAKATI BILAN HUDUD OBODONLASHTIRILDI
1 / 5

Shanba kuni Hodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi tashabbusi bilan dam olish kuniga qaramay hashar o‘tkazildi. Maqsad — hududni tartibga keltirish va qulay muhit yaratish edi.

Ish jarayonida ariqlar tozalandi, bog‘ ko‘rkamlashtirildi, chiqindilar olib chiqildi. O'rindiqlar, bordyurlar va yoritish ustunlari yangidan bo‘yaldi. Shuningdek, o‘simliklar sug‘orildi, xonalar va yo‘laklarda tartib o‘rnatildi.

Hashar yakunida ishtirokchilar umumiy dasturxon atrofida to‘planib, milliy taom – mazali va xushbo‘y palov bilan siylanishdi.

       

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish