+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” DELEGATSIYASI “SOCIÉTÉ GÉNÉRALE” VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

“O‘ZMETKOMBINAT” DELEGATSIYASI “SOCIÉTÉ GÉNÉRALE” VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
1 / 3

Ayni damda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi - Bosh direktor  Bahodir Abdullayev Londonda xizmat safari doirasida Yevropaning yetakchi moliya institutlaridan biri "Société Générale" banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda xalqaro moliyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, yevroobligatsiyalar chiqarish, kredit liniyalarini ochish hamda xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlari muhokama etildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va strategik moliyaviy sheriklikni rivojlantirishga qiziqish bildirishdi.

Ma’lumot uchun, "Société Générale" Yevropaning eng yirik va nufuzli moliya guruhlaridan biri bo‘lib, 1864-yilda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan bank 60 dan ortiq davlatda faoliyat yuritadi hamda korporativ, investitsiya va chakana bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya xalqaro moliya  bozorlaridagi nufuzi va ko‘p yillik tajribasi bilan dunyodagi eng ishonchli moliyaviy institutlardan biri sifatida tanilgan.
 

 
3.836 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish