DIKTANT TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
Metallurglar madaniyat saroyida bugun nishonlanayotgan O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan diktant tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zmetkombinat” AJning Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir nafaqat savodxonlikni sinovdan o‘tkazish, balki milliy madaniyat, birlik va faxr timsoli bo‘lgan o‘zbek tiliga chuqur hurmat ifodasi bo‘ldi.
Tanlovda kombinatning turli bo‘linmalaridan faoliyat yuritayotgan 20 nafardan ortiq ishchilar ishtirok etishdi. Har bir ishtirokchi topshiriqqa qiziqish va ilhom bilan yondashib, nafaqat bilimini, balki davlat tiliga bo‘lgan samimiy e’tiborini namoyon etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Kombinat markaziy laboratoriyasi (KML) laboranti Durdona Nasridinova egalladi.
Ikkinchi o‘rinni esa KMLning metallografiya laboratoriyasi muhandisi Dildora Yoqubova hamda Mahsulot sifati va standartlarga rioya etilishi nazorat xizmati xodimi Zulayho Abduqodirova ko‘lga kiritishdi.
Uchinchi o‘ringa esa KMLning uchastka bodhlig‘i Nigora Abdurasulova sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, faxrli uchlikning barchasi Kombinat markaziy laboratoriya vakillari bo‘ldi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.