+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATDA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” O‘TKAZILMOQDA

KOMBINATDA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” O‘TKAZILMOQDA
1 / 2

20–27-oktabr kunlari O‘zbekistonda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir doirasida “O‘zmetkombinat” AJda ishchi-xodimlarning xabardorligini oshirish va ishlab chiqarishda xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar rejalashtirilgan.

Bo‘linmalarda ayni kunlarda treninglar va o‘quv seminarlar o‘tkazilib, mutaxassislar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini tushuntirmoqdalar. Metallurglarga zilzila oldidan, vaqtida va undan so‘ng qanday harakat qilish, xavfni kamaytirish hamda o‘zini va boshqalarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Zilzila boshlanishidan oldin bino ichidagi xavfsiz joylarni bilish, dori qutisi, fonar, hujjatlar va zarur buyumlarni tayyorlab qo‘yish muhim. Zilzila vaqtida esa tinchlikni saqlash, binodan yugurib chiqmaslik, mustahkam mebel ostiga yoki tayanch devorlar yoniga yashirinish tavsiya etiladi. Zilzila tugagach, liftlardan foydalanmasdan binodan chiqish, hamkasblarning holatini tekshirish va kerak bo‘lsa yordam ko‘rsatish zarur.

Korxonada bunday mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib turadi, chunki xodimlar xavfsizligi — “O‘zmetkombinat” AJning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish har bir xodimga ishonch bilan va to‘g‘ri harakat qilish imkonini beradi, vahimaning oldini oladi va jarohatlanish xavfini kamaytiradi.

"O‘zmetkombinat" AJ barcha ishchi-xodimlarga murojaat qiladi: Ogohlik – xavfsizlik garovi!. Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini bilish hayotni saqlab qolishning muhim omilidir.
Xavfsizlikka ongli yondashuv – barqaror mehnat va ishonchli kelajak kafolatidir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish