+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

"ZOOM" PLATFORMASIDA QAYTA TAYYORLASH KURSI TASHKIL QILINDI

"ZOOM" PLATFORMASIDA QAYTA TAYYORLASH KURSI TASHKIL QILINDI
1 / 6

"ZOOM" PLATFORMASIDA QAYTA TAYYORLASH KURSI TASHKIL QILINDI

"O‘zmetkombinat" AJ "Ikkilamchiqorametallar" (IQM) filiallari buyurtmalariga asosan joriy yilning 7-avgustidan 18-avgustiga qadar ishlab chiqarishdan ajralgan holda yuk iluvchilarga "Yuk iluvchi" kasbi bo‘yicha qayta tayyorlash kursi tashkil qilindi.

     Qayta tayyorlash kursining nazariy qismi onlayn tarzda "ZOOM" platformasi orqali tashkil qilinib, kombinatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi mutaxassisi Nodir Aripov va bo‘lim boshlig‘i Gulmira Toshmatovalar nazariy mashg‘ulotlarni olib bordilar.Amaliy mashg‘ulotlar esa IQM filiallarining o‘zida o‘tkazilib, mashg‘ulotlarga avvalroq "Yuk iluvchi" kasbi bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib ketgan mutaxassislar mas'ul etib belgilandi.Ushbu o‘quv kursida 29 nafar ishchi qatnashdi va kurs yakunida tinglovchilarga imtihon natijalari asosida guvohnomalar taqdim etildi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş