Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Interaktiv xizmatlar / Eng ko'p beriladigan savollar

Eng ko'p beriladigan savollar

24.07.2025 24.07.2025 90

1. Bugungi kunda «O‘zmetkombinat» AJda ishga qabul qilish qanday tartibda amalga oshirilmoqda?

Javob:

«O‘zmetkombinat» AJda ishga qabul qilish amalga oshirilishi qonunchilikka va kombinatdagi ichki hujjatlarga asoslanadi. Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar hamda Xodimlar va ijtimoiy rivojlanish direksiyasi orqali e’lon qilinadi. Nomzodlar test  sinovlaridan o‘tkaziladi, so‘ngra mutaxassislikka doir suhbat va rahbarlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Qabul qilish qarorini tanlov natijalari va hujjatlar to‘liqligi asosida rahbariyat qabul qiladi.

 

2. Хodimni bir  bo‘linmadan boshqasiga o‘tkazish qanday amalga oshiriladi? Tomonlarning roziligi kerakmi?

Javob:

Kombinatda xodimlarni boshqa doimiy va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligi va kombinat lokal xujjatlariga muvofiq faqat ish beruvchi va xodimning o‘zaro roziligi asosida amalga oshiriladi. Bunday o‘tkazish xizmat zaruratidan kelib chiqqan holda yozma ariza va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Shuni aytish lozimki, boshqa domiy ishga o‘tkazish test va suxbat asosida amalga oishiriladi, shuningdek mutaxassisligiga xam e’tibor beriladi.

 

3. Agar xodim o‘zining kadrlar sohasidagi huquqlari buzilgan deb hisoblasa, nima qilishi kerak? Qaerga murojaat qilish mumkin?

Javob:

Agar xodim o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblasa, avvalo o‘z rahbariga yoki Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasiga yozma murojaat yo‘llashi kerak. Agar masala hal etilmasa, kasaba uyushmasiga murojaat qilish mumkin. Zarur hollarda mehnat muammolari bo‘yicha sudga yoki mehnat inspeksiyasiga ham murojaat etish mumkin.

 

4. Nega ba’zida bir bo‘limdan ikkinchisiga o‘tish bo‘yicha arizalar uzoq ko‘rib chiqiladi? Bu jarayon uchun belgilangan muddat bormi?

Javob:

Kadrlar yo‘nalishidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddati bir qator omillarga bog‘liq: bo‘sh ish o‘rni mavjudligi, o‘rinni saqlash zarurati, rahbarlar orasida kelishuv jarayoni va ishchi faoliyatining baholanishi. Har bir holat individual tarzda ko‘rib chiqiladi. Oddiy holatda ariza 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

 

5. Oilaviy sabablarga ko‘ra uzoq muddatga ish haqisiz ta’tilga chiqish mumkinmi?

Javob:

Ha, Ish xaqi saqlanmagan ta’tillar taraflar kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga va jamoa shartnomasiga asosan, xodim shaxsiy yoki oilaviy sabablarga ko‘ra ish haqisiz ta’til so‘rash huquqiga ega. Ammo bu ta’til muddati va sabablar to‘g‘risidagi asosli ariza asosida Ish beruvchi rahbarning roziligi bilan beriladi. Uzoq muddatli ta’til masalasida rahbariyat bilan kelishuv muhim hisoblanadi.

 

6. Agar xodim ta’tilga chiqqan hamkasbining vazifasini vaqtincha bajarayotgan bo‘lsa, unga nega hamma vaqt xam qo‘shimcha haq to‘lanmaydi? Buning uchun qanaqa hujjatlar rasmiylashtirilishi kerak?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi MKning 116-moddasiga asosan Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish, ish hajmini ko‘paytirish, vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan ishdan ozod etilmagan holda bajarish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda qo‘shimcha ravishda haq to‘lanadi.

 

7. Qo‘shimcha vazifa yuklatilishi va to‘lov tayinlanishi bo‘yicha kim qaror qabul qiladi? Agar buyruq bo‘lmasa, xodim rad etishi mumkinmi?

Javob:

Qo‘shimcha vazifa yuklash haqida qaror korxona rahbariyati tomonidan qabul qilinadi. Har qanday sovmeщenie (ya’ni bir vaqtda bir nechta vazifani bajarish) rasmiy buyruq bilan tasdiqlanishi shart. Agar bunday buyruq mavjud bo‘lmasa, xodim bu ishni bajarishdan qonuniy ravishda bosh tortishi mumkin. Ish hajmi va mas’uliyatiga qarab qo‘shimcha haq belgilanadi. Qo‘shimcha tarzda -  xodimning  yozma arizasi bo‘lishi shart boshqa xodimning ishini ham qo‘shib olib borishga.

 

8. Qachon va qanday holatlarda rotatsiya olish mumkin?

Javob:

Rotatsiya — bu xodimni yangi vazifaga, boshqa bo‘limga yoki lavozimga vaqtincha ish o‘rganish uchun o‘tkazishdir. Bu, odatda, xodim salohiyatini oshirish, malakasini kengaytirish yoki xizmat zaruratidan kelib chiqqan holatlarda amalga oshiriladi. Rotatsiyani rahbariyat tavsiya qiladi yoki xodimning o‘z tashabbusi bilan ariza asosida ko‘rib chiqilishi mumkin. Rotatsiya to‘g‘risidagi qaror mehnat shartlari, xodim faoliyati natijalari va korxona ehtiyojlariga ko‘ra qabul qilinadi.

 

9. Kombinat xodimlari tomonidan metallolomni jismoniy shaxs sifatida topshirish imkoniyati bormi?

Javob: 

Ha, «O‘zmetkombinat» AJning hududiy filiallarida jismoniy shaxs sifatida qora metall parchalari va chiqindilarini topshirish imkoniyati mavjud. Bu huquq kombinat xodimlari uchun ham, boshqa fuqarolar uchun ham teng darajada qonuniy hisoblanadi. Bunda qora metall parchalari va chiqindilarini qabul qilish "IQM" filiali sex yoki uchastkasiga shaxsiy pasporti bilan kelib va belgilangan tartibda rasmiylashtirish talab etiladi. Bunda yetkazib beriladigan qora metall parchalari va chiqindilari (PA-25, PA-26, PA-27, PA-28, PA-29 va PA-30 turlaridan  tashqari) GOST 2787-2024 talablariga mos bo‘lishi lozim.

Metall parchalari va chiqindilari topshirish joyida miqdori va sifati bo‘yicha "IQM" filialning avtomobil tarozilarida qabul qilinadi va natijasi Tayyorlovchi tomonidan tasdiqlangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi

 

10.  Qora metall parchalari va chiqindilari sifati bo‘yicha qanday talablar mavjud? 

Javob: 

Qora metall parchalari va chiqindilari sifati bo‘yicha talablar O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan davlat standartlari (GOST 2787-2024, Oz DSt),O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 425-sonli qarori  va  «O‘zmetkombinat» AJning ichki texnik talablari asosida baholanadi. Asosiy talablar quyidagilardan iborat:

Yog‘ va kimyoviy moddalar bilan ifloslanmagan bo‘lishi kerak; 

Qora metall parchalari va chiqindilarida yonuvchi, portlovchi buyumlar (gaz ballonlari, akkumulator, yog‘li filtrlar va boshqalar) bo‘lmasligi shart;

Qora metall parchalari va chiqindilari radioaktiv materiallardan zararsizlantirilgan bo‘lishi lozim.

Qora metall parchalari va chiqindilari o‘lchami, og‘irligi va mexanik holati qabul talablariga mos bo‘lishi lozim; 

Ichida rezina, plastmassa, shisha va boshqa chiqindilar aralashmasligi kerak.

Qabul qilinadigan lom toifalariga qarab, maxsus kategoriyalarga ajratiladi va shu asosda qabul qilinadi. Metall parchalarining miqdori (vazni) va tavsifi qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qayd qilinadi. Metall parchalarining tarkibi, o‘lchamlari, og‘irligi, zichligi, ifloslanishini GOST 2787-2019 davlat standartining 7.3.2 bandiga muvofiq transport vositasidan yukni tushirish jarayonida vizual tarzda qora metall parchalari va chiqindilari qabul qiluvchi tomonidan baholanadi.

 

 

5.00

(1 ovoz)