DAVLAT MUKOFOTLARI MUBORAK BO‘LSIN!
2026-yil 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq, “O‘zmetkombinat” AJ xodimlari:
Dilfuza Tursunbayevna Kushmatova — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan;
G‘ulomjon Mirzaxmatovich Turanov — “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.