KASBIM FAXRIM
Haqiqatan ham agar kishi o‘zi sevgan kasbida ishlayotgan bo‘lsa, u hech qachon har ertalab o‘zini ishga ketyapman deb hisoblamaydi. O‘zi sevgan kasbi bilan shug‘ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag‘bat hamda ma’naviy ozuqa beradi.
"O‘zmetkombinat" AJning Kislorod-kompressor bo‘linmasida kompressor qurilmalari mashinisti sifatida mehnat qilib kelayotgan O‘tkir Haydarov ham kasbining ustasi sifatida hamkasblari orasida hurmat qozongan.
O‘zining 24-yillik ish faoliyati davomida ustozi Bozorboy Kenjayevdan o‘rgangan kasb sirlarini mehnatda qo‘llab bugungi kunda tajribali ustozga aylanib ulgurdi. Shogirdlaridan Halimjon Xudoyberdiyev, Shuhrat Usmonov, Olim Qodirov, Abdujabbor Xoliqnazarovlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Dunyoda kasblar ko‘p va ularning har birining o‘ziga yarasha mashaqqati, mas’uliyati va sharafli tomoni bor. O‘zining umrini metallurgiya sohasiga bag‘ishlagan qahramonimiz kasbi bilan doimo faxrlanib kelgan.