YOSH MUTAXASSISLAR KOMBINATNING BUGUNI VA KELAJAGI
Korxonamizda ishchi-xodimlarning 1100 dan ortig‘ini yosh kadrlar tashkil etadi. Ular turli sohalarda mehnat qilib kombinatning rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Aziz Berdiyevning Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasida mehnat qilayotganiga 13-yildan oshdi. U dastlab, mahsulot o‘rovchi, keyinchalik esa pechda metallarni erituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ustozi Mahmud Karimovdan o‘rgangan kasb sirlarini ishda qo‘llagan holda malakali yosh kadrlardan biriga aylandi. U kombinatda o‘tkazib kelinayotgan spartakiadalarda ham qatnashib, yaxshi natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.
Albatta yoshlik bu umidlar, kashfiyotlar, cheksiz g‘ayrat-shijoat, ulkan rejalar tuzish va ularni amalga oshirish davridir. “O‘zmetkombinat” AJda esa ana shunday yosh mutaxassislar ko‘plab topiladi va umid qilamizki ular kombinatimizni yanada taraqqiy etishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishda davom etishadi.