MUKOFOT MUBORAK!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati Elektrda po‘lat eritish sexi po‘lat erituvchisi Turdimurotov Abdurahmon Umurkuljonovich "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Hamkasbimiz Abdurahmon Turdimurotovni ushbu yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgani bilan muborakbod etamiz!