+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

O‘ZLIDEP VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

O‘ZLIDEP VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligi munosabati bilan, shuningdek, ishtirokchilarni O‘zLiDeP faoliyatining mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirish maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Respublika Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda partiyaning Toshkent viloyati Kengashi rahbari ishtirok etib, bugungi kunda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, joylardagi tashkiliy ishlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bilan muloqotni kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shu bilan birga, partiyaning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, biznes va ishlab chiqarish sohalaridagi loyihalarni rivojlantirishda tutgan roli alohida ta’kidlab o‘tildi. 

Tadbir doirasida partiya faoliyatiga munosib hissalarini qo‘shib kelayotgan bir guruh faol a’zolar taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, safiga yangi qo‘shilgan a’zolarga partiya guvohnomalari ham taqdim etilib, ularning faol va ishonchli ishtirokini rag‘batlantiruvchi fikrlar bildirildi. Uchrashuvning yana bir muhim qismi “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayevga ham O‘zLiDePning a’zolik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda kombinat rahbari so‘zga chiqib hamkor korxona va tashkilotlar salmog‘i oshib borayotganini qayd etib, partiyaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni va korxona jamoasi uchun ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, partiyaning faoliyatga yangicha yondashuv, ochiqlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholab, “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi bu jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’kidladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda korxonada 400 nafarga yaqin partiya a’zolari faoliyat yuritmoqda. Ular o‘z ish faoliyati bilan birga, jamoatchilik va siyosiy hayotda ham faol ishtirok etib, korxonaning ijtimoiy-siyosiy nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shib kelmoqdalar.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş