BEKOBOD RANGLI METALLAR ISHLAB CHIQARISH KORXONASI YUQORI NATIJALARGA ERISHMOQDA
Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi jamoasi 2026-yil yanvar oyida L63, L68, L70, CuZn30, M1 va M1E markali mahsulotlarni muvaffaqiyatli ishlab chiqardi.
Mazkur mahsulotlar ichki bozorda “SITAN” MCHJ, “Turon montaj metall” XK, “Artikulatsiya kabel” MCHJ hamda “D-PRODUKTS” MCHJ kabi hamkorlarga yetkazib berildi.Shuningdek, tashqi bozorlarda Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasidagi yirik kompaniyalar — «Avtotraktorradiator», “Pramatronik” va “GOKNUR BAKU” o‘z vaqtida mahsulotlar bilan ta’minlanib, iste’molchilar talablari to‘liq qondirildi.
Natijada, Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda, ichki va tashqi bozorlardagi mijozlar hamda hamkorlar bilan o‘zaro ishonchga asoslangan barqaror hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqda.