+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA ISHLAB CHIQARISH MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

“O‘ZMETKOMBINAT”DA ISHLAB CHIQARISH MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
1 / 2

Bugun “O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullaev rahbarligida ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda kombinatning mas’ul rahbarlari ishtirok etdi. 

Mazkur yig‘ilishda Ishlab chiqarish bosh muhandisi etib Adilov Azizbek Yusupovich, Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Abdullaev Sarvar Abdullaevich rasman tayinlandi. 

Yig‘ilishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlar ovqatlanish sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda kombinatni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralariga tayangan holda, 2026-yilda “O‘zmetkombinat” AJ sof foydasini 1 trln so‘mga yetkazish strategik maqsad sifatida belgilandi.

Yig‘ilish yakunida jamoaga yangi rahbarlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlash tavsiya qilindi.

4.004 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish