+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

PO‘LAT SIMLAR ISHLAB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR TA’MINLANMOQDA

PO‘LAT SIMLAR ISHLAB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR TA’MINLANMOQDA
1 / 4

Navli prokatlash bo‘linmasining Po‘lat simlar ishlab chiqarish bo‘limida ishlab chiqarish hajmlari hamda mahsulot sifati izchil ravishda oshirib borilmoqda. 

Qurilish sohasida po‘lat simlarga bo‘lgan talabning yuqoriligini inobatga olgan holda, bo‘lim jamoasi har bir buyurtmani belgilangan muddatlarda va yuqori mas’uliyat bilan bajarib kelmoqda.
Jumladan, joriy yilning yanvar oyida uchastkada jami 332 tonna po‘lat sim ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish rejasi 110,7 foizga bajarildi. 
Bugungi kunda bo‘limda ishlab chiqarilayotgan po‘lat simlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Taromush” MCHJ hamda “Uzshaxarkurilishinvest” kabi yirik korxonalar tomonidan barqaror talabga ega.

Uchastkada bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 1,8 mm, 2,0 mm, 3,0 mm, 4,0 mm, 5,0 mm, 6,3 mm, 8,0 mm diametridagi, shuningdek 4,0 Vr-1 va 5,0 Vr-1 turdagi po‘lat simlar doimiy ravishda ishlab chiqarilib, iste’molchilar talablari qondirilmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish