+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” POKISTON BOZORIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

“O‘ZMETKOMBINAT” POKISTON BOZORIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA
1 / 4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 5–6-fevral kunlari davlat tashrifi bilan Pokiston Islom Respublikasida bo‘ladi. 

Tashrif doirasida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, O‘zbekiston–Pokiston Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes forum tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Muzokaralar jarayonida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, sanoat, transport va infratuzilma, turizm sohalarida istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. 


Pokiston Islom Respublikasiga rejalashtirilgan mazkur oliy darajadagi tashrif doirasida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, mahalliy sanoat korxonalari mahsulotlarini Pokiston bozorida ishonchli va sifatli ilgari surish maqsadida 5–6-fevral kunlari Islomobod shahrida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu milliy ko‘rgazma doirasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati ham o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan metall mahsulotlar, ularning sifat ko‘rsatkichlari va eksport salohiyati pokistonlik hamkorlar va ishbilarmonlar e’tiboriga havola qilinmoqda. Bu esa yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda “O‘zmetkombinat” AJning xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish