+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

MEHNAT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI BIRGA SHAKLLANTIRAMIZ

MEHNAT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI BIRGA SHAKLLANTIRAMIZ

Bugungi kunda korxonalarda mehnat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilamoqda. 

Har bir tashkilot xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini eng oliy qadriyat deb biladi.
Mehnat xavfsizligi madaniyati jamoaning xavfsizlikka bo‘lgan munosabatini ifoda etadi. Bu madaniyat xodimlarning xavfsiz ishlash qoidalariga ongli ravishda amal qilishida namoyon bo‘ladi. Har bir xodim o‘z hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni shaxsiy mas’uliyat deb hisoblaydi. U mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me’yorlari va talablariga doimiy ravishda rioya qiladi.
Xodim qoidalarni faqat nazorat yoki jazodan qo‘rqqani uchun bajarmaydi. U qoidalarga o‘zini va boshqalarni asrash maqsadida amal qiladi.
Mehnat xavfsizligi madaniyati yuqori bo‘lgan jamoada har bir a’zo xavfli holatlarga beparvo qaramaydi. Jamoa a’zolari xavfni o‘z vaqtida aniqlaydilar va uni bartaraf etish choralarini ko‘radilar.
Masalan, xodim ish joyida himoya vositalarini taqmasdan ish boshlamaydi. Haydovchi yo‘lda nazorat bo‘lmasa ham tezlik qoidalariga amal qiladi. Qurilish maydonida ishchi kaska va himoya kamarini taqadi hamda zarur holatlarda himoya qo‘lqoplaridan foydalanadi.

Xulosa qilib aytganda, xavfsizlik madaniyati har bir insonning “bu mening mas’uliyatim” degan ongli pozitsiyasida namoyon bo‘ladi. Har bir xodim xavfsizlikka shaxsiy burch sifatida yondashganda, jamoada barqaror va ishonchli mehnat muhiti shakllanadi.

5.003 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish