+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

BOSH DIREKTOR TOMONIDAN ISHLAB CHIQARISH HUDUDI O‘RGANILDI

BOSH DIREKTOR TOMONIDAN ISHLAB CHIQARISH HUDUDI O‘RGANILDI
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev tomonidan korxona hududi, xususan ishlab chiqarish jarayonlari ko’zdan kechirildi.

Nazorat davomida ishlab chiqarish uchastkalarining texnik holati, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablari, ichki intizom, hududiy tartib hamda resurslardan foydalanish samaradorligi batafsil tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar va ijro muddatlari belgilandi.

Qayd etildiki, har bir ishlab chiqarish jarayoni va har bir maydondagi tartib korxonaning umumiy natijasiga bevosita ta’sir qiladi. Tizimli nazorat va shaxsiy mas’uliyat tamoyili kombinat faoliyatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş