+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

"O'ZMETKOMBINAT"DA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

"O'ZMETKOMBINAT"DA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
1 / 3

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Kombinat rahbariyati, Bekobod shahar hokimi, shahar prokuraturasi vakillari, ichki ishlar organlari vakillari  hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar giyohvandlikning inson salomatligi, oila barqarorligi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari giyohvandlikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organ vazifasi emasligini, balki ota-ona, ustoz va jamoatchilik mas’uliyati ekanini qayd etdi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish ustuvor vazifa sifatida belgilandi

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş