"O'ZMETKOMBINAT"DA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
"O‘zmetkombinat" AJda yong‘inlar hamda turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
O'zmetkombinat AJda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida mas’ul tashkilotlar hamkorligida profilaktik tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida ishchi-xodimlarga xizmat joylarida, yashash uylarida hamda ko‘p qavatli uylarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish zarurligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash holatlari va is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur tadbir xodimlar xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratildi.