+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O'ZMETKOMBINAT" MUTAXASSISLARI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA BO‘YICHA SEMINAR-TRENINGDA ISHTIROK ETDI

"O'ZMETKOMBINAT" MUTAXASSISLARI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA BO‘YICHA SEMINAR-TRENINGDA ISHTIROK ETDI
1 / 4

"O'zmetkombinat" AJ mutaxassis xodimlari OKMK Muhandislik maktabida tog‘-kon sanoati korxonalari uchun raqamli yechimlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma seminar-treningda ishtirok etdi.

Mazkur tadbir sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova, NKMK, OKMK, “O‘zTMK” AJ hamda “Navoiyuran” DK mas’ullari, McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari qatnashdi.

Seminar-treningda ilg‘or xalqaro tajribalar, innovatsion yechimlar hamda sanoatda raqamlashtirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarida resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish