+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” XARID JARAYONLARINI QAT’IY NAZORAT OSTIGA OLDI

“O‘ZMETKOMBINAT” XARID JARAYONLARINI QAT’IY NAZORAT OSTIGA OLDI
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJda xarid jarayonlarida korrupsiya holatlarining oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchilik qildi va Kombinat mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida xarid jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 
Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Har qanday huquqbuzarlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ekani alohida aytib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, har bir xarid jarayoni ochiq, adolatli va qonuniy asosda amalga oshirilishi zarur. Kombinat mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish korxona barqarorligi hamda raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish