+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O'ZMETKOMBINAT"DA ZAMONAVIY KITOBXONLIK TIZIMI YO‘LGA QO‘YILMOQDA

"O'ZMETKOMBINAT"DA ZAMONAVIY KITOBXONLIK TIZIMI YO‘LGA QO‘YILMOQDA
1 / 4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida “O‘zmetkombinat” AJ Ilmiy-texnikaviy kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kutubxonada 3000 nafardan ortiq abonent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, kitob fondi 37 236 nusxani tashkil etadi. Fond texnikaviy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlarni qamrab oladi.
Kutubxona 18 o‘rinli o‘quv zali, ma’lumot-axborot hamda ma’lumot-ensiklopedik fondlardan iborat. O‘quv zali 6 ta simsiz monoblok, Wi-Fi va kombinat ichki tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan jihozlangan.

Ayni vaqtda kutubxona an’anaviy shakldan elektron tizimga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Taxminan 3000 ta kitob raqamlashtirilmoqda. book.uzbeksteel.uz elektron kutubxonasi muntazam ravishda to‘ldirilib, hozirga qadar 41 yo‘nalish bo‘yicha 596 muallifning 717 ta kitobi bazaga kiritilgan.
Kutubxona har oy o‘rtacha 150 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatadi hamda xodimlar va amaliyotchi talabalar uchun ko‘rgazmalar tashkil etadi.

4.502 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish