“O‘ZMETKOMBINAT” DA STOL TENNISI BO‘YICHA KOMBINAT TURNIRI O‘TKAZILDI
Mazkur musobaqada kombinatning turli tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, oʻz mahorati va sport tayyorgarligini namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar gʻoliblik uchun murosasiz va qizgʻin bahs olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:
Erkaklar oʻrtasida:
1-oʻrin — Mahmud Pardayev
2-oʻrin — Hasanboy Abdunazarov
3-oʻrin — Abbos Bahodirov
Ayollar oʻrtasida:
1-oʻrin — Aziza Jumayeva
2-oʻrin — Mohira Toshmatova
3-oʻrin — Iroda Berdikulova
Turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar “Oʻzmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlari jamoada sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va doʻstona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.