+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI

“O‘ZMETKOMBINAT”DA NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
1 / 2

“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida kengash a’zolari navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida korxona faoliyati, xodimlar ishini samarali tashkil etish va rivojlantirishga doir bir qator masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida mavjud vazifalar tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar va strategik yo‘nalishlar belgilangani yig‘ilishga qatnashganlar tomonidan ta’kidlandi. Shu bilan birga, xodimlarning ish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar asosida, barcha bo‘linmalar va xodimlar oldida belgilangan vazifalarni amalga oshirish mas’uliyati belgilanib, korxona rivoji uchun muhim qadamlar tashlandi.

1.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş