KOMBINATIMIZ JAMOASI UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI AMALGA OSHIRMOQDA
Bugun erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur hashar davomida kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududlarni tartibga keltirish ishlarini amalga oshirmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar hududlarning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tadbirda kombinatning turli boshqarma va bo‘linmalari vakillari ham faol qatnashib, umumxalq hashari an’analarini munosib davom ettirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish yo‘lida o‘z faolliklarini namoyon etmoqdalar.