+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“O‘ZMETKOMBINAT” XOTIN-QIZLARI SPORT MUSOBAQASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

“O‘ZMETKOMBINAT” XOTIN-QIZLARI SPORT MUSOBAQASIDA FAOL ISHTIROK ETDI
1 / 3

Poytaxtimizda Sport vazirligi tashabbusi bilan vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ mehnat jamoasi vakillari – stol tennisi bo‘yicha Aziza Jumayeva, shaxmat bo‘yicha Mavluda Kenjayeva va shashka bo‘yicha Maftuna Yulchibayeva – kombinatimiz sharafini himoya qilib, faol ishtirok etdi.

Musobaqada 200 nafarga yaqin xotin-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, nafaqat bellashdi, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham hissa qo‘shdi. Qizg‘in va do‘stona ruhdagi bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Bunday tadbirlar xotin-qizlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş