+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

QUYUV-PROKATLASH MAJMUASIDA XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MASALASIDA MUHIM UCHRASHUVLAR BO'LIB O'TDI

QUYUV-PROKATLASH MAJMUASIDA XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MASALASIDA MUHIM UCHRASHUVLAR BO'LIB O'TDI
1 / 3

“O‘zmetkombinat” AJ Quyuv-Prokatlash majmuasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “ENPIPE” hamda “GIDROMETALL” kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida korxona vakillari majmuaning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik quvvatlari hamda mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro fikr almashish va professional tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusida barqaror va uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishib, manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Mazkur tashrif “O‘zmetkombinat” AJning xalqaro va sanoat hamkorligini yanada kengaytirish, sifatli mahsulot yetkazib berish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga xizmat qiladi.

3.673 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş