“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI MUHOKAMA QILINDI
“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv Raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida bugun “Edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlar hamda ishlab chiqarish yo‘nalishida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlari ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida 2026-yil mart oyi uchun belgilangan asosiy prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilish holati batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, joriy yilning mart oyi yakuni bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Muhokamalar jarayonida topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Asror Turaboyevning lavozimdagi faoliyati yakunlangani qayd etilib, uning samarali mehnati alohida e’tirof etildi.