+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATDA O‘ZLIDEP BOSHLANG‘ICH PARTIYA TASHKILOTINING HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

KOMBINATDA O‘ZLIDEP BOSHLANG‘ICH PARTIYA TASHKILOTINING HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
1 / 4

Bugun “O‘zmetkombinat” AJda O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, partiya faollari hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar. 

Mazkur yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sanoat tarmoqlarini izchil rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini korxona jamoasi o‘rtasida keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, partiyaning dasturiy vazifalarini keng targ‘ib etish va jamoaning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar aniq belgilab olindi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish