+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BOSHQARUV RAISI TOMONIDAN KOMBINAT HUDUDNING JORIY HOLATI KO‘RIB CHIQILDI

BOSHQARUV RAISI TOMONIDAN KOMBINAT HUDUDNING JORIY HOLATI KO‘RIB CHIQILDI
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv Raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev korxona hududini ko‘zdan kechirdi. Tekshiruv jarayonida hududdagi obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari ko‘rib chiqildi. Majmua hududi tizimli ravishda tartibga solinganligi va hududning joriy tartib-intizom darajasi qayd etildi.

Shuningdek, ish joylarining xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni asrash, texnik vositalar va korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tekshirildi. Ushbu chora-tadbirlarning amaliyotga tatbiq etilishi ko'rib chiqildi.

Boshqaruv raisi hududdagi amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tavsiyalar berdi va kelgusida hududning tartibli, xavfsiz hamda obodon muhitini saqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Tekshiruv jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli bo‘limlar bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar belgilandi.

1.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish