+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O‘zmetkombinat"da Navro‘z an’analari: sumalak sayli tashkil etildi

"O‘zmetkombinat"da Navro‘z an’analari: sumalak sayli tashkil etildi
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan milliy qadriyat va an’analarni ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuksak saviyada tashkil etilmoqda.

Xususan, korxona hududida o‘rnatilgan maxsus qozonlarda an’anaviy milliy taom — sumalak tayyorlash jarayoni puxta reja asosida yo‘lga qo‘yildi. Mazkur jarayon kombinat Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida tizimli ravishda olib borilmoqda.

Tadbir doirasida ishchi-xodimlarning faol ishtiroki ta’minlanib, bu orqali jamoada o‘zaro hurmat, birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

“O‘zmetkombinat” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan bunday an’anaviy tadbirlar milliy merosni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib etish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari bilan uyg‘un holda rivojlantirish borasidagi izchil siyosatning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish