+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATDA YOSHLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN NAVBATDAGI UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

KOMBINATDA YOSHLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN NAVBATDAGI UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJda yoshlar bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo hamda takliflarini o‘rganish maqsadida har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda kombinatda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflarini bevosita rahbariyatga yetkazdilar.

Muloqot davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularning yechimiga doir taklif va tavsiyalar bildirildi, ayrim masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda ochiq muloqotlar orqali samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish