XODIMLAR MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
“O‘zmetkombinat” AJda Xodimlarni boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Normatov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida murojaatchilar tomonidan asosan kombinatga ishga kirish hamda mavjud xodimlarni boshqa ish joyiga (lavozimga) o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat amaldagi tartib va belgilangan me’yorlar asosida batafsil ko‘rib chiqildi.
Ayrim murojaatchilarga joyida zarur tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar esa tegishli bo‘limlarga yo‘naltirildi. Murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.