+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT” STRATEGIK HAMKORLIK ALOQALARINI KENGAYTIRDI

“O‘ZMETKOMBINAT” STRATEGIK HAMKORLIK ALOQALARINI KENGAYTIRDI
1 / 3

INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi tomonidan qator muhim uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif davomida Chelyabinsk viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi va 10 dan ortiq kompaniya vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi. Muzokaralar jarayonida hududning sanoat salohiyati, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda metallurgiya sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyatda faoliyat yurituvchi yirik sanoat korxonalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Magnitogorsk Iron and Steel Works vakillari bilan muzokaralar davomida metall mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish, texnologik hamkorlik hamda uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida aloqa ma’lumotlari almashildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

INNOPROM xalqaro platformasi doirasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv va muzokaralar “O‘zmetkombinat” AJning xalqaro aloqalarini kengaytirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirish va metallurgiya sanoatida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish