+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KORXONA HUDUDIDA BOSH DIREKTOR BOSHCHILIGIDA KENG QAMROVLI TEKSHIRUV O‘TKAZILDI

KORXONA HUDUDIDA BOSH DIREKTOR BOSHCHILIGIDA KENG QAMROVLI TEKSHIRUV O‘TKAZILDI
1 / 4

Bugun korxona hududida Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan navbatdagi tekshiruv ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida hududlarning sanitariya holati, umumiy tozalik darajasi hamda obodonlashtirish ishlarining borishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Mavjud yashil maydonlarni saqlash va parvarishlash, hududlarni tartibga keltirish, obodonlik darajasini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, hududlarni yanada obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Har bir yo‘nalishda ijro intizomini kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Kelgusida obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, hududlarni zamonaviy talablar asosida tartibga keltirish va obodonlik darajasini yanada yuksaltirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish