+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

METALLURGLAR UCHUN NAVBATDAGI SAYOHAT TASHKIL ETILDI

METALLURGLAR UCHUN NAVBATDAGI SAYOHAT TASHKIL ETILDI
1 / 3

Kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Mazkur tashabbus jamoa a’zolarining madaniy dunyoqarashini kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda sifatli dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Sayohat davomida metallurglar qadimiy va betakror Samarqand shahrining boy tarixi, noyob me’moriy yodgorliklari hamda muqaddas ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xususan, Registon maydonining ulug‘vorligi hamda Imom al-Buxoriy majmuasi ishtirokchilarda chuqur va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Tarixiy meros va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unlashgan ushbu safar davomida xodimlar nafaqat hordiq chiqardilar, balki milliy madaniyatimizning boy manbalaridan ruhiy ozuqa oldilar. Bunday tadbirlar jamoada o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarni rag‘batlantirish hamda ularning mehnat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish